PowerGym trenajorlari — ishlab chiqaruvchidan
PowerGym — bizning o‘z savdo belgimiz va biz ushbu brendning rasmiy ishlab chiqaruvchisimiz. PowerGym tovar belgisiga guvohnoma bor.
PowerGym brendi ostida quyidagilar ishlab chiqariladi:
- uy va fitnes zallar uchun yugurish yo‘lakchalari;
- velotrenajorlar;
- elliptik trenajorlar;
- kuch trenajorlari;
- o‘rindiqlar va kuch ramalari;
- fitnes zallar uchun tijorat jihozlari;
- massajyorlar;
- massaj kreslolari.
Yugurish yo‘lakchalariga kafolat — 1 yil, motoriga esa modelga qarab 12 oydan 60 oygacha. Velotrenajorlar, elliptik va yuk blokli trenajorlar hamda massaj kreslolariga kafolat — 1 yil. Qolgan mahsulotlar bo‘yicha kafolat shartlarini telefon orqali aniqlashtiring.
Agar trenajor buzilib qolsa, ariza qoldiring. Usta O‘zbekistonning qaysi shahrida bo‘lsangiz ham, oldingizga keladi. U trenajorni joyida ta’mirlaydi.
PowerGym trenajorlari powergym.uz saytida sotiladi. Biz ularni butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. Trenajorlarni Toshkentdagi ikkita shourumda ko‘rish mumkin: Nurafshon ko‘chasi, 94A va Muhammad Yusuf ko‘chasi, 1. Shourumlar har kuni 9:00 dan 21:00 gacha ishlaydi. Telefon: +998 77 523-88-22.