To‘lov shartlari
Xarid va to‘lov
Mahsulotni qanday to‘lash mumkin?
1️⃣ “Savat” bo‘limiga o‘ting va xarid qilmoqchi bo‘lgan mahsulotni tanlang.
2️⃣ “Savat”da tanlangan mahsulotlar ro‘yxati aks etadi. “Buyurtmani rasmiylashtirish” tugmasini bosing.
3️⃣ “Aloqa ma’lumotlari”ni to‘ldiring va “Yetkazib berish usuli”ni tanlang.
4️⃣ Sizga qulay to‘lov usulini tanlang:
Joyida to‘lash
To‘lov tizimlari orqali to‘lash (Click, Payme, Uzum Bank, MasterCard, VISA).
Muhim: bank kartasi orqali onlayn to‘lovni operator rasmiylashtiradi — buyurtmadan so‘ng u siz bilan bog‘lanib, qanday to‘lashni aytadi.
Bank kartasi orqali to‘lash
Saytda buyurtma bering — operator siz bilan bog‘lanib, bank kartasi orqali onlayn to‘lashga yordam beradi.
✔ Quyidagi kartalar orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin (raqamida 16, 18 yoki 19 ta raqam bo‘lgan kartalar):
Click, Payme, Uzum Bank, MasterCard, VISA