Massaj kreslo Relasso Royal (qora)
5 xil yuqori darajadagi sertifikatlar (ISO, CB IEC, RoHS CE, FDA)
Uyingizga yetib borganingizdan keyin to‘lang
Kafolat: 1 yil
Royal massaj kreslosi
Yangi avlod premium modeli
Royal — bu shunchaki massaj kreslosi emas.
Bu chuqur dam olish, tiklanish va har kunlik maksimal qulaylik uchun yaratilgan shaxsiy wellness-kompleks bo‘lib, premium darajadagi komfortni taqdim etadi.
Kafolat va xarid shartlari
✅ Sifatli tovarni 1 kun ichida qaytarish imkoniyati
✅ 1 yil bepul servis xizmati
✅ Sifat va xavfsizlikni tasdiqlovchi 5 ta xalqaro sertifikat
✅ Mahsulotni qabul qilganda to‘lov qilish imkoniyati
Asosiy afzalliklari
Yangi avlod 4D massaj
Intellektual 4D massaj mexanizmi professional massaj ustasining qo‘l harakatlarini takrorlaydi:
- Massaj chuqurligi, tezligi va bosim kuchini avtomatik boshqaradi.
- Yumshoq yoki intensiv massajni o‘zingizga mos ravishda tanlash imkonini beradi.
- Haqiqiy qo‘l massaji hissini yaratadi.
Ikki bosqichli tana skanerlash tizimi
Bo‘yin va oyoqlarni alohida skanerlash orqali kreslo foydalanuvchining bo‘yi, tana tuzilishi va anatomik xususiyatlariga aniq moslashadi.
Natijada massaj yanada samarali va xavfsiz bo‘ladi.
20 ta avtomatik massaj dasturi
Har xil ehtiyojlar uchun tayyor dasturlar:
- Stress va charchoqni kamaytirish
- Umurtqa pog‘onasiga g‘amxo‘rlik
- Keksalar uchun massaj
- Yapon va tay massaji
- Haydovchilar, ofis xodimlari va uy foydalanuvchilari uchun maxsus dasturlar
- Meditatsiya va tiklanish rejimlari
- Mushak tarangligini kamaytirish va vazn nazoratiga yordam beruvchi dastur
Uyqu uchun maxsus rejimlar
Fon musiqasini yoqish imkoniyatiga ega 3 ta alohida uyqu dasturi chuqur dam olish va sifatli uyquga tayyorlanishga yordam beradi.
Shaxsiy massaj sozlamalari
6 xil massaj usuli
- Ezib massaj qilish
- Qoqib massaj qilish
- Bosh barmoq bilan bosim berish
- Musht bilan massaj
- Kombinatsiyalangan massaj usullari
- Maxsus professional texnikalar
Qo‘shimcha imkoniyatlar
- Tananing ma'lum qismini yoki nuqtaviy massajni tanlash
- Roliklar tezligini 7 bosqichda sozlash
- 4D massaj intensivligini 6 bosqichda boshqarish
- Airbag bosimini 5 bosqichda sozlash
- Massaj taymeri — 6 xil vaqt rejimi
Havo-kompression massaj (Airbag)
Quyidagi 5 ta tana qismi uchun alohida yoqiladi:
- Yelkalar
- Qo‘llar
- Tos qismi
- Oyoqlar
- Butun tana
Yumshoq siqish orqali qon aylanishini yaxshilaydi va mushaklardagi taranglikni kamaytiradi.
Oyoq kafti massaji
- Oyoq kafti ostidagi roliklar 3 xil aylanish tezligida ishlaydi.
- Refleks nuqtalarini chuqur rag‘batlantiradi.
Zero Gravity rejimi
"Vaznsizlik" holatidagi massaj rejimi umurtqa pog‘onasiga tushadigan yuklamani kamaytiradi va maksimal darajada bo‘shashish hissini ta'minlaydi.
Issiqlik terapiyasi
Isitish tizimi quyidagi 4 ta hududda ishlaydi:
- Yelkalar
- Qo‘llar
- Oyoqlarning orqa qismi
- Massaj roliklari
Haroratni 3 xil rejimda sozlash mumkin.
Boshqaruv va multimedia
- 4 tilda boshqaruv
- 12 ta ovozli buyruq orqali boshqarish
- Korpusdagi tugmalar orqali boshqarish
- Bluetooth va ichki karnaylar
- Simsiz va USB orqali telefonni quvvatlash
- Oxirgi massaj dasturini qayta ishga tushirish imkoniyati
Texnik xususiyatlari
- Maksimal yuklama: 150 kg gacha
- Qo‘lda va avtomatik massaj rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi
- Yuqori aşinishga chidamli mexanizmlar
Xalqaro sertifikatlar
- ISO 9001 — sifat nazorati xalqaro standarti
- CB IEC (Germaniya) — Yevropa xavfsizlik talablariga muvofiqligi
- RoHS (Yevropa) — ekologik va kimyoviy xavfsizlik standarti
- CE (Yevropa) — umumiy xavfsizlik sertifikati
- FDA Registration (AQSH) — AQSH bozorida sotishga ruxsat beruvchi ro‘yxatdan o‘tgan
Xulosa
Royal massaj kreslosi — bu sog‘liq, zamonaviy texnologiyalar va premium qulaylikning mukammal uyg‘unligidir.
U uy sharoitida professional darajadagi massajdan bahramand bo‘lishni, yuqori sifat, innovatsion texnologiyalar va maksimal qulaylikni qadrlaydigan insonlar uchun yaratilgan.
|
Foydalanuvchining maksimal vazni, kg
|
150 |
|
Massaj mexanizmi
|
4D |
|
Nol gravitatsiya
|
Bor |
|
Massaj dasturlari soni
|
20 |
|
Rangi
|
Qora |
Xarid qilish va to‘lov
1) Mahsulot uchun to‘lov qilish maqsadida “Savatcha” bo‘limiga o‘tib, xarid qilmoqchi bo‘lgan mahsulotingizni tanlashingiz kerak.
2) “Savatcha”ga o‘tganingizdan so‘ng, siz qo‘shgan mahsulotlar ro‘yxati ochiladi. Keyin “Buyurtmani rasmiylashtirish” tugmasini bosing.
3) Ochilgan oynada “Aloqa ma’lumotlari” va “Yetkazib berish usullari” bo‘limlari paydo bo‘ladi, ularni to‘ldirishingiz zarur.
4) O‘zingiz uchun eng qulay to‘lov usulini tanlashingiz mumkin:
Joyida to‘lash;
Terminal orqali to‘lash;
CLICK, Payme, Master Card yoki VISA kabi to‘lov tizimlari orqali to‘lash. Bank kartasi orqali onlayn to‘lovni operator rasmiylashtiradi: buyurtmadan so‘ng u siz bilan bog‘lanadi.
Bank kartasi orqali
Saytda buyurtma bering — operator siz bilan bog‘lanib, bank kartasi orqali onlayn to‘lashga yordam beradi.
Yetkazib berish shartlari
Kuryer orqali yetkazib berishni rasmiylashtirganingizda, tovaringiz «PowerGym» saytida ro'yxatdan o'tishda kiritgan manzilingizga yetkazib beriladi.
Toshkent bo'ylab yirik o'lchamli trenajorlarni o'rnatish, montaj qilish va sozlash — bepul. Trenajorga buyurtma rasmiylashtirilgandan so'ng, sifatliroq xizmat ko'rsatish maqsadida operator siz bilan albatta bog'lanadi va barcha shartlarni kelishib oladi. Shuningdek, buyurtma rasmiylashtirishda izohlarda o'z istaklaringizni qoldirishingiz mumkin. Tafsilotlarni aniqlashtirish uchun call-markazimizga, elektron pochta yoki Telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Agar yetkazib berish manzilini o'zgartirishingiz kerak bo'lsa, +998 (78) 113-32-33 raqamiga qo'ng'iroq qiling va tovar kodingiz, sana, summa hamda yangi yetkazib berish manzilini ayting.
Yetkazib berish manzilini buyurtma rasmiylashtirilgandan keyin bir soat ichida o'zgartirishingiz mumkin.
Internet-do'konimizda buyurtma qilingan tovarni olishning bir necha usuli mavjud:
Toshkent bo'ylab:
Standart.
Toshkent bo‘ylab yetkazib berish — odatda buyurtma tasdiqlangandan keyin 1–2 kun ichida, aniq vaqtni operator kelishadi; trenajorlar, massaj kreslolari va tennis stollarini yetkazib berish — bepul. Massajyorlar, gantellar, blinlar va aksessuarlarni yetkazib berish narxi kelishiladi (trenajor, kreslo yoki stol bilan bitta buyurtmada — bepul).
Express.
Express yetkazib berish narxi — 40 000 so‘m. Toshkent shahri ichida Express yetkazib berish faqat Kichik halqa yo'li doirasida ishlaydi. Yetkazib berish vaqti: 9:00 dan 21:00 gacha.
Viloyatlar bo'ylab:
Viloyatlarga yetkazib berish narxi — kelishiladi: buyurtmadan so‘ng menejer siz bilan bog‘lanib, narx va muddatni kelishib oladi.
Viloyatlarga uy yoki ofisgacha yetkazib berish hamda kuryerlik xizmati punktidan o‘zingiz olib ketish imkoniyati mavjud.
Toshkent viloyati bo'ylab yetkazib berish qo'shimcha to'lov asosida amalga oshiriladi. Narxni aniqlash uchun aniq geolokatsiyangizni bizga Telegram orqali yuborishingiz kerak. Masofa hisoblab chiqilgandan so'ng menejerlar sizga yetkazib berish narxini ma'lum qilishadi.
«Kuryerlik xizmatlari» punktidan o'zingiz olib ketadigan bo'lsangiz, tovaringizni buyurtma rasmiylashtirishda tanlangan manzildan ish kuni davomida, 9:00 dan 18:00 gacha olib ketishingiz mumkin.
Yo'lda mashinaning buzilishi kabi fors-major holatlar yuz berishi ham mumkin. Bunday holatda kuryerimiz avvalo sizni kechikish haqida ogohlantiradi va tovaringizni imkon qadar qisqa muddatda yetkazib beradi.
Eslatma
Agar yetkazib berish manzilida o'tish tizimi yoki pullik to'xtash joyi kabi kirish cheklovlari mavjud bo'lsa, bu haqda o'zingiz g'amxo'rlik qilishingiz kerak. Aks holda, tovaringizni pullik yoki cheklangan joygacha yetkazib beramiz.
Viloyatlarga yetkazib berish O'zbekiston Pochtasi, Fargo Express va BTS Express kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi, ular rasmiy bayram kunlarida ishlamaydi. Shuning uchun bayram kunlarida O'zbekiston Respublikasi viloyatlariga tovarlarni yetkazib berish biroz kechikishi mumkin.